Yangiliklar
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi, Guliston tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi tomonidan jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil hudud toifasiga kiritilgan Guliston tumanidagi Ishonch hamda Zarbdor mahallalari binosida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatish qamrovini yanada kengaytirish maqsadida tashkilotlarga “E-huquqshunos” electron tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sardoba tuman hokimligi majlislar zalida yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda “E-huquqshunos” elektron tizimining imkoniyatlari, undan foydalanish va hujjatlar almashinuvi amaliy tarzda tushuntirildi.
Sirdaryo tuman hokimligi majlislar zalida Adliya boshqarmasi, “Unikon SOFT” MChJ hamda adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Davlat soliq inspeksiyasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, Qishloq xo‘jalik bo‘limi, umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar mas’ul xodimlari seminar-trening o‘tkazildi.
Ҳукумат қарори (353-сон, 04.07.2022 й.) билан Автомототранспорт воситалари ҳайдовчиларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни амалга оширувчи таълим ташкилотларининг рейтингини аниқлаш тартиби тўғрисида низом тасдиқланди.
FHDY organlari tomonidan 2021-2022-yil 6 oy davomida qayd etilgan tug’ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlar
Yangiyer shahar hokimligi binosida Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi, «UNICON-SOFT» MChJ, adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar va Xovos tumanidagi yuridik xizmat bilan ta’minlanadigan tashkilotlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi.