Янгиликлар
13
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash - bosh maqsad
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanmoqda. Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilanyapti. Ilk bor shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi berilmoqda.
Yana bir muhim jihati, xar kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqliligi belgilanyapti. Ushbu normalar inson huquqlarini sud orqali himoya qilinishiga va shaxs erkinligi hamda daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolati sifatida xizmat qiladi.
Boyovut tuman ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida adliya bo‘limi boshlig‘i O.Xalmatov, O‘zLiDep Boyovut tuman kengashi apparati rahbari M.Dadayeva tomonidan yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga javobgarlik muqarrardir. Lekin hech bir inson, hatto jazo o‘tayotgan shaxs ham noinsoniy muomalaga loyiq emas! Muloqot mobaynida Konstitutsiyada aks etgan mazkur qoida ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarning qadr-qimmati boshqa fuqarolarimiz bilan teng ta’minlanishini, mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy munosabatdan himoya qilinishini kafolatlash uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati