Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yangilanayotgan Konstitutsiya adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir


Yangilanayotgan Konstitutsiya adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Eng muhimi, bunda xalqimiz takliflari inobatga olindi. Ana shu ma’noda, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi sifatida e'tirof etilmoqda.

Ayni kunlarda Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.


Boyovut tuman adliya bo‘limi navbatdagi tadbir tuman tibbiyot birlashmasida o'tkazildi. Seminarda adliya bo‘limi boshlig‘i O. Xolmatov, tuman xalq deputatlari kengashi deputatlari ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda. Bu mamlakatimizda insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik yanada kuchaytirilayotganidan dalolat beradi.


Tadbirda aholi farovonligi hamda jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Yaqin kunlarda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha siyosiy jarayon, ya’ni Referendum o‘tkaziladi.

Uchrashuv mobaynida referendum qonunchiligi va referendum o'tkazish tartibi haqida ham keng ma’lumotlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati