Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

So'ragan edingiz...


Savol: Turmush o‘rtog‘im 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U bilan nikohimizni bekor qildimoqchiman. Mazkur holatda nikohni bekor qilish FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladimi?

                                                                 K.O‘rolova, Sayxunobod tumani

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 106-bandi 3-qismiga ko‘ra er-xotindan biri sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.

Mazkur holatda nikohdan ajratish haqidagi arizaga qoshimcha ravishda er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada umumiy bolalari va mol-mulki yuzasidan nizolari yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi taqdim qilinadi.

Biroq, er-xotin o‘rtasida bolalari to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.



Savolga Sayxunobod tuman FHDY bo‘limi mudirasi X. Sulaymanbekova javob berdi