Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Davlat xizmatlari mahallada


Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni shu bugunidan rozi qilish ustuvor vazifalardan biri. Shu nuqtai nazardan barcha aholi qatlamlarini birdek qamrab olish, ularning muammolarini o‘rganish, huquqiy ko‘mak berish juda muhim. Ayniqsa, sayyor davlat xizmatlari aholi uchun yaratilayotgan yana bir qulaylikdir.

Boyovut tumani viloyatning hududi katta tumanlaridan biri bo‘lib, aholi soni 135 200 tani tashkil qiladi.

Tuman markazidan ancha olis bo‘lgan hududlar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida “Davlat xizmatlari mahallada” loyihasi doirasida Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Yangi bo‘ston”, “Laylakko‘l” mahallalarida sayyor xizmat tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad aholining uzog‘ini yaqin qilish hamda ortiqcha sarsongarchiliklarni oldini olishdan iborat.

- Tadbir davomida aholi bilan muloqot qildik, davlat xizmatlari turlari va ulardan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko’rsatish usullari va qulayliklari to’g’risida tushunchalar berdik, - deydi markaz xodimi Gʻanisher Omonliqov.

Shu kuni laylakko‘lliklarga 37 ta va Yangi bo‘ston mahallasi fuqarolariga 64 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Eng muhimi, aholining ham vaqti, ham naqdi tejalib, uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘ldi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati