Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
TIJORAT BANKLARI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA SHOXOBCHALARINI JOYLASHTIRISHI MUMKIN

TIJORAT BANKLARI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA SHOXOBCHALARINI JOYLASHTIRISHI MUMKIN

08
TAYINLOV

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Akmaljon Axmat o‘g‘li Shirin shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

08
TAYINLOV

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ziyayev Alisher Kattabekovich Oqoltin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

08
TAYINLOV

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Iskanov Shavkat Xidirboyevich Guliston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

08
БИЛАСИЗМИ?

Офатлар юз берганлиги оқибатида жисмоний шахсларнинг айбисиз йўқотилган ёки яроқсиз ҳолга келган муайян фактни тасдиқловчи ҳужжатларни (https://lex.uz/docs/5063249#5067166) тиклашда тегишли тўловлар тўланмайди

08
“Adliya spartakiadasi”ga tayyorgarlik avj pallada

Futbol - millionlar o‘yini. U jamoaviy o‘yin bo‘lganligi sabab yanada ommalashib bormoqda. Mahallalarda, qolaversa davlat organlari va tashkilotlarida ham ushbu sport turi bo‘yicha turli musobaqalar tashkil etib borilmoqdaki, bu nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jamoada birdamlik muhitini qaror topdirishda muhim o‘rin tutadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlaridan iborat 2 ta jamoa yashil maydonga tushdi.
- Har haftaning payshanba kuni adliya tizimida “Sport kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka kabi sport turlari bo‘yicha muntazam ravishda musobaqalar tashkil etib boriladi. Bu galgi futbol musobaqasi xodimlarni yana bir bor chiqig‘iriqdan o‘tkazdi, - deydi boshqarma boshlig‘i S.Sattarov. Aytish mumkinki, bugungi sinov 10-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Adliya sportakiadasi”ga tayyorgarlik vazifasini ham o‘tadi.
Darhaqiqat, sport bilan muntazam shug'ullanish jismoniy va ma'naviy sog'lomlikni ta'minlaydi. Adliyachilar shu sabab ham sportga oshno.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

08
Shartnoma tuzildimi, majburiyatlar bajarilishi shart, aks holda qonun o‘z so‘zini aytadi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - iqtisodiy rivojlanish garovi. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois bugun tadbirkorlik faoliyati keng quloch yozib, mulkdorlar safi kengaymoqda. Bu esa joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

08
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 259-sonli qarori 2022 yil 16 may kuni e’lon qilindi.

08
YANA BIR DAVLAT XIZMATI ISHGA TUSHDI

Hukumat qaroriga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar bilan operasiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestasiyadan (qayta attestasiyadan) o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

07
Sayyor qabul doirasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilindi. Mazkur tadbir “Ayollar daftari”ida turgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy bilimini oshirish, shuningdek sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.