Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Konstitutsiya xalqimizning huquq va manfaatlarini himoya qiladi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi hamda referendum qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Hayitboy Sayitov konstitutsiyaviy islohotlar va uning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.


Ta’kidlanganidek, konstitutsiya xalqimizning huquq va manfaatlarini oliy o‘ringa qo‘ygan holda o‘zining qat’iy normalarini hayotga tatbiq eta olgan hujjatdir. Bugungi shiddatkor davr va taraqqiyot asrida Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevorini yanada mustahkamlash zarurati yuzaga keldi. Shu bois yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar olib borilyapti.


Tadbirda konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yangilanayotgan konstitutsiyaning aholi farovonligi hamda davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, muloqotda referendum qonunchiligi, referendum o'tkazish, referendumda ovoz berish tartiblari haqida keng ma’lumotlar berildi.

Yakunda mavzuga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati