Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

So'ragan edingiz...


Savol: Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olish munosabati bilan beriladigan taʼtillar haqida maʼlumot bersangiz?

                                                         D.Olimov, Sayxunobod tumani “Shodlik” MFY



Javob: MKning 256-moddasida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda:

birinchi va ikkinchi kursda taʼlimning kechki shaklida oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotganlarga har yili kamida oʻn kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotganlarga esa, har yili kamida oʻttiz kalendar kun;
uchinchi va undan keyingi kursda taʼlimning kechki shaklida oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotganlarga har yili kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida oʻttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy oʻquv yurti talabalariga toʻrt oy, oʻrta maxsus oʻquv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha taʼtillar beriladi.
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oxirgi kurslarida oʻqiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar toʻplash uchun oʻttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi. Mazkur taʼtil davrida talabalar va oʻquvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.



Savolga Sayxunobod tumani adliya boʻlimi boshligʻi B.Nazarov javob berdi.