Yangiliklar
18 ноябрь – “Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида”ги Қонун (http://lex.uz/docs/100122) қабул қилинган кун.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Bayrogʻim-gʻururim” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi
Miliiy gʼururimiz, istiqbolimiz hamda suverenitetimiz ramzi hisoblangan Oʼzbekiston Respublikasining davlat bayrogʼi tom maʼnoda mustaqil diyorimizning jahon hamjamiyatidagi oʼrni, uning dunyo miqyosidagi mavqeini ifodalashda, alohida ahamiyatga ega boʼlib, davlat bayrogʼi xalqimiz uchun ulugʼlik va shon-sharaf ramzidir.
Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i,
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i.
"O‘z bayrog‘im" deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, ma’nosi bor.
Bundan 30 yil muqaddam, yaʼni 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Sirdaryo tuman adliya bo’limiga “TECH SYSTEM STAR” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari U.A.Bobobekov Sirdaryo yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasidan norozi boʻlib ariza bilan murojaat qildi.
Aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Mana oʻttiz yildirki, bayrogʻimiz nafaqat vatanimizda, balki xalqaro maydonlarda davlatimiz kuch-qudrati, mustaqilligimizning ifodasi, xalqimiz gʻururi va iftixori timsoli boʻlib xizmat qilmoqda.
Bayrogʻimizning balandligi yurtimizning obroʻ-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik!