Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sirdaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi


O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining  15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 27-iyundagi 132-um-son buyrug‘iga asosan:

Sayxunobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Komil Fayzullaevichning litsenziyasi amal qilishi 2022-yil 24-iyundan 15 kun muddatga;

Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Narkulov Shavkat Egamkulovichning litsenziyasi amal qilishi 2022-yil 24-iyundan 15 kun muddatga;

Xovos tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius Karshieva Shirinoy Shukhratovnaning litsenziyaning amal qilishi 27-iyundan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi