Янгиликлар
Adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Mirzaobod tumanida bo'lib o'tdi
Xalq bilan muloqot qilish, dardu tashvishlari, orzu-istaklarini bilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolar yechimini topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev Mirzaobod tumanida sayyor qabul o'tkazdi. Tuman Madaniyat bo'limida bo'lib o'tgan tadbirda “Dehqonobod” mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida moddiy yordam olish, kredit ajratish, ishga joylashish kabi mazmunda kelib tushgan 10 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 10 ta murojaat o‘rganish talab qilganligi bois ish yurituvga olindi.
Sayyor qabul huquqiy targ‘ibot tadbiri sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Jarayonda xotin-qizlar huquqlari, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlar tarbiyasi va voyaga yetmaganlar huquqlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, “Xavfsiz hudud” loyihasi doirasida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Tadbir mobaynida 7 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo olish, STIR aniqlash, nafaqa tayinlash uchun ariza berish bo‘yicha sayyor tartibda davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi