Янгиликлар
Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi
Sayyor qabulda fuqarolardan 25 ta turli sohalarga oid murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 15 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 10 ta murojaat tegishli tartibda ish yurituvga olindi.
Shuningdek, jarayonda Mirzaobod tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida elektron raqamli imzo kalitini olish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga quyish, kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha 10 ga yaqin fuqrolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Ha, mazkur sayyor qabul aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha ma’no-mazmun kasb etdi. Eng muhimi, xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi, ularga yechim izlandi, qolaversa fuqarolar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor ham bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi