Янгиликлар
29
"Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi
2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitusiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tadi. Mazkur siyosiy tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish fuqarolarimizning faolligi va fuqarolik burchini chuqur anglashi hamda siyosiy yetukligini namoyon etishiga bog‘liqdir.
Shu bois joylarda “Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirishdan iboratdir.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Amir Temur mahallasida o‘tkazilgan tadbir ham ana shu maqsad uchun xizmat qildi. Tadbirda referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi