Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlarning roli muhim


Bugungi kunga kelib, korrupsiyaga qarshi kurash, nafaqat davlat, balki umumjahon miqyosida global tus oldi. Shu bois, har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘zining milliy tizimini takomillashtirib bormoqda. Shu bilan birga, ushbu tahdidga qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda faollik, jonbozlik ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamiyatning taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari uchun tashkil etilgan tadbir korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamalash maqsadiga qaratildi.
-Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Zero, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalar, chora-tadbirlar, xalqaro aloqalar jamiyat va davlat rivoji uchun g‘oyatda manfaatli hisoblanadi,– deya ta’kidladi adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Tog'ayev.

Albatta, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini targ‘ib qilish va aholining bu boradagi xabardorligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan faol hamkorlik yuritish o‘zining ijobiy samarasini beradi. 

Zero, ularda keng aholi qatlamini qamrab olish imkoni mavjud bo‘lib, mazkur sohadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchilar sonining ortishiga ham ko‘makdosh bo‘lishi shubhasiz.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi