Yangiliklar
Yashil_makon
Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yanada takomillashtirilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar ham bevosita aholi bilan yuzma yuz muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topishning muhim omili boʻlmoqda. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Safarboy Togʻayevning Sirdaryo tumani “Turkiston” mahallasida oʻtkazgan sayyor qabulida aholi vakillari oʻz muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini mustahkamlash orqali davlat va jamiyatga yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sirdaryo viloyatida 11 ta tuman (shahar)larda 41 ta shtat birligida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil qilindi. Aytish joizki, bugungi kunda viloyatda yuridik xizmat koʻrsatish sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Tashkilotlar bilan hujjatlar almashinuvi - “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilib, faoliyatda qonuniylik taʼminlanmoqda. Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish Markazlar asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.
Jarimadan qarzdorligim mavjud edi, YPX xodimi avtomobilimni jarima maydonchasiga olib kirib qo'ydi, aytingchi, bu qanchalik asosli?
Ma’lumki, mamlakatimiz bo‘ylab 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "Zarbdor 40 kunlik" eʼlon qilingan edi. Shunga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida «Yashil makon» loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan xayrli tashabbus - “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ezgu harakatlar Sirdaryo viloyatida ham keng quloch yoydi.
Eʼtiborlisi, barcha davlat organlari va tashkilotlari bu borada faollik koʻrsatib, uyushqoqlik bilan hududlarga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.
Inson oʻz umri dovonining maʼlum bir bosqichiga yetganida, albatta ortiga qarab, butun umri davomida koʻrgan-kechirganlari, yutuqlari-yu, kamchiliklarini sarhisob qiladi. Bu inson huquqshunos boʻlsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, insonparvarlik kabi fazilatlari bilan qadrlidir.