Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy komissiya a`zolari bilan joriy yilning 20 iyun kuni bo`lib o`tgan uchrashuvida, konstitusiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo`llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirish demokratik prinsiplarga to‘la mos ekanligi alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, referendum bevosita demokratiyaning muhim vositasi bo‘lib, bu umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shaklidir.

Mamlakatimiz Konstitusiyasi 9-moddasida ham jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yilishi belgilangan.

Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir. Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan seminarda mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.

Tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xolmatov so‘zga chiqib, dastlab Konstitusiyaviy islohotlarning ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Таъкидланганидек, 2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tadi. Mazkur siyosiy tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish fuqarolarimizning faolligi va fuqarolik burchini chuqur anglashi hamda siyosiy yetukligini namoyon etishiga bevosita bog‘liqdir.

Muloqot mobaynida referendum qonunchiligi soha xodimlariga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi, korrupsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, ushbu yo‘nalishda hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar belgilab olindi.  


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi