Yangiliklar
Amir Temur mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi
Bugun, 8-iyun kuni Shirin shahar Amir Temur mahallasi fuqarolari uchun “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Nazarov, Shirin shahar hokimining oʻrinbosari M.Kuvandikov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi U.Begimov, Xalq qabulxonasi mudiri M.Roʻzimurodovlar va mas'ul shahar tashkilot va korxona rahbarlari hamda mahalla fuqarolari o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, ish bilan ta’minlash, shaxsiy va boshqa masalalarda murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rilgan boʻlsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berilib, oʻrganish va vaqt talab etadigan murojaatlarlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.