Янгиликлар
06
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tantanali tadbir tashkil qilindi
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Jahongir Zoxidov kirish soʻzi bilan ochib barchani bayram bilan tabrikladi hamda Konstitutsiyasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi.
Shundan soʻng, samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda qoʻshayotgan hissasi uchun bir guruh soha xodimlarining mehnatlari munosib e'tirof etildi.
Xususan, Sayxunobod tuman adliya bo'limi boshlig'i Baxtiyor Nazarov "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh'lig'i Sardor Xalilov va Oqoltin tuman davalat xizmatlari markazi direktori Akram Abdumo'minovga Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan bir guruh tizim xodimlari xodimlari va adliya faxriylari viloyat adliya boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati