Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yoshlar korrupsiyaga qarshi


Guliston davlat pedagogika institutida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati  tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Sardor Xalilov tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida batafsil to'xtalib o'tildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.