Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!


9-dekabr "Korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan Oqoltin tumani hokimligida “Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi tashkilot rahbarlari, hokimlik xodimlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etgan tadbirda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher Ziyayev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma‘lumotlar berildi.