Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Xovos tumani hokimligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimining o'rinbosarlari, tuman hokimligi xodimlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etgan tadbirda korrupsiya illati davlat, jamiyat taraqqiyotiga jiddiy havf solishi, ushbu illatni bartaraf etishda keng jamoatchilik ishtiroki, fuqarolarning ogoh va hushyorligi muhim ekanligi ta’kidlandi. 

Tuman Adliya bo’limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga to'liq ma’lumot berildi. 

Tadbir ishtirokchilari tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldi.