Янгиликлар
07
"KONSTITUTSIYA KO'CHASI" TASHKIL QILINDI
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami Sirdaryoliklarning ko‘tarinki kayfiyati asosida o‘tkazildi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahridagi "Bilimdonlar maskani"da “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etilib, xalqimizning erki, huquqini o‘zida ifoda etgan ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi.
"Konstitutsiya ko'chasi"da adliya hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy maslahat burchaklari tashkil qilinib, konstitutsiya mazmun-mohiyati targ'ib qilindi hamda aholi va yoshlarga huquqiy xizmatlar, tushuntirish va maslahatlar berildi.
“Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari tomonidan kuiz va chellenjlar, yoshlarning Konstitutsiyaga doir bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha viktorina, “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.