Yangiliklar
Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 nafar xotin-qizlarning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Shundan 15 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 5 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga olindi.
Darhaqiqat, din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. Ularning mazmun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlarga ega bo‘lish hayotiy-amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda mustahkam huquqiy asosdir.
O’zbekiston Respublikasi Respublikasi Prezidentining 2022 yil 03 fevraldagi
“Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi F-22-son farmoyishi e’lon qilindi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi
1. Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti – 2 nafar;
2. Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti –2 nafar;
3. Oqoltin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti – 1 nafar;
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar 2022-yilning 3-mart kuniga qadar hujjatlarini (belgilangan namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxalarini) Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimiga yoki vacancy.adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim.
Murojaat uchun telefon: 67/ 226-07-20, 225-00-93)
“Mirzaobodlik ishbilarmon ayollar” nodavlat notijorat tashkiloti Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilari va qutqaruvchilar sporti Federatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mirzo Ulug’bek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolardan turli mazmunda 12 ta murojaatlar kelib tushdi.
Jumladan, M.Radjabova, G. Maxmudova, I.Alibekov pensiya tayinlashda amaliy yordam so‘radi.
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi huzuridagi Ta'lim, sogliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga kelib tushgan nizoli xat-hujjatlar va murojaatlarni hal qilish, bu borada qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo'‘yicha tuman Adliya bo'limi tomonidan maslahatlar berildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning fevral-mart oylarida Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlariga start berildi.
Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda mahalla va oilani qol‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan seminarda “Sadriddin Ayniy”, “A.Temur” va “Do‘stlik” mahallalaridan xotin-qizlar tashrif buyurishdi.