Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi, 22 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi


2381 nafar aholi istiqomat qilayotgan Afrosiyob mahallasi Xovos tumanidagi olis hududlardan biri hisoblanadi. Fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tuman markaziga qatnaydi.
Salohiddin Meliboyev 10 yildiki, shu mahallada istiqomat qiladi. U oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, aytishicha, bu orqali o‘zi va oila a’zolarining bandligi ham ta’minlanadi. Bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun yer ajratilishida fuqaroga amaliy yordam kerak ekan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Afrosiyob mahallasida tashkil etilganligi Salohiddin akaning mushkulini ancha oson qildi. Sayyor qabulda fuqaroga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari «E-AUKSION» elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga berilishi, tanlovda qatnashish uchun elektron raqamli imzo zarurligi tushuntirildi. Salohiddin Meliboyev uchun tadbirda ishtiroki yaxshi imkoniyat bo‘ldi, elektron raqamli imzo olish uchun tuman markaziga borishiga hojat qolmadi, davlat xizmatlaridan foydalanib, elektron raqamli imzo oldi.

Ro‘zigul Dehqonova tug‘ma yurak xastaligidan aziyat chekadi. Sayyor qabulda Ro‘zigul opaning ham arzi tinglandi. Opaga davolanishi uchun order olishda ko‘mak zarur. Mazkur murojaat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olinib, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

Tadbirda mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, mahalla faoli, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, pensiya jamg‘armasi, kommunal tashkilotlar mas’ullarining ishtiroki  aholining muammolarini shu joyning oʻzida yechish imkonini berdi.

Sayyor qabul davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan  aholi uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil qilinib, salomatliklari nazoratdan o‘tkazildi.

FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan oilaviy munosabatlarga doir fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda 80 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. Kelib tushgan murojaatlarning 30 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 50 ta murojaat oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga olindi, 22 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, elektron raqamli imzo kalitlati berildi.

Albatta,  joylarda tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullar bevosita aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolariga huquqiy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, har bir murojaat oʻrganiladi, ijrosi alohida nazoratga olinib, amaliy yordam berish choralari ko‘riladi.  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar  bo'limi