Янгиликлар
Yo'l harakati qoidalariga rioya qiling, ozingiz va o'zgalar hayotini xavf ostida qoldirmang!
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Shirin shahar energetika kollejida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, har bir inson yo‘l xarakati ishtirokchisi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilish barcha uchun barobar. Qoidalarga bo‘ysunmaslik inson salomatligi va hayotiga xavf soladi, qonuniy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi.
Yoshlar bilan muloqot chog‘ida yo‘l harakati qoidalari batafsil tushuntirilib, yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan muammolarga ham o‘xtalib o‘tildi. Xususan, yo‘lda harakatlanayotgan piyodalarning uyali telefondan, quloqchin va planshetlardan foydalanishlari yoshlar orasida urfga aylangani, bu esa turli yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga olib kelayotganligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan firibgarlik, o‘g‘irlik, bosqinchilik kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hudud miqyosida tahlil qilindi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm-fan, sport, san’at, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda har bir yosh o‘z iqtidorini sinab ko‘rsa, ezgu maqsad yo‘lidagi intilishlar ijobiy samara berishi alohida tushuntirildi.
Yoshlar bilan uchrashuv tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, yurt kelajagiga daxldorlik hissini uyg‘otishdek ulug‘vor maqsadni o‘zida mujassam etdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi