Янгиликлар
СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...
Savol: Umumiy uy-joy shirkatlari tomonidan ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolardan to‘lov undirilmoqda. Ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash uchun harajatlar davlat tomonidan qoplanib berilmaydimi, bu qanchalik to'g'ri?
M. Salimov, Guliston shahri
Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2021-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-sonli Qonunining 8-moddasi 3-bandida ko‘p kvartirali uyni boshqarish bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan, yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida, bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Qonunning 16-moddasida esa umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni joylarning mulkdorlari birgalikda o‘z zimmasiga olishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra, hozirgi kunda ko‘p qavatli uylarni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlar umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar davlat hisobidan qoplanmasligi bildiriladi.
Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov javob berdi