Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak


Jinoyatchilik - jamiyat uchun xavfli xatti-harakat. Huquqbuzarliklar profilaktikasi esa jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘ldir.  

Ayniqsa, profilaktik tadbirlarning mahallabay, xonadonbay tarzda tashkil etilayotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirib, turli ko‘ngilsiz voqealarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Xovos tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda adliya bo‘limi hamkorligida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi” mavzusida “Chamanzor” mahallasida tashkil etilgan tadbirda mavzu doirasida atroflicha so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Har haftaning payshanba kuni “Profilaktika kuni” etib belgilangani aholi, ayniqsa yoshlar bilan muloqot qilish, joylardagi muammolarni o‘rganish, huquqbuzarliklar sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish imkonini bermoqda.

Tadbir davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish, mahalla va oila rolini yanada oshirish masalalariga urg‘u berilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Shuningdek, muloqotda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Chamanzor mahallasi profilaktika nozirining hisoboti tinglandi.

Albatta, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashda ochiqlik siyosatining ahamiyati katta. Sodir etilgan jinoyatlar tahlili, muhokamasi aholini sergaklika, hushyorlikka undashi, tabiiy. Mahalla ahli bilan bo‘lib o‘tgan muloqot ham ana shu ochiqlik va qonuniylikni ta'minlashga asoslandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi