Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat xizmatlari hamma uchun!


Mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 73 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu ma’lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.

Endilikda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikasiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimi ishga tushadi. 

Boyovut tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan “Davlat xizmatlari hamma uchun” shiori ostida Istiqlol, Markaz mahallasi ahli uchun tashkil etilgan tadbirda davlat xizmatlari sohasiga oid shu va boshqa yangiliklar xususida keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida sayyor tartibda aholiga 52 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun arizalar shular jumlasidandir. 

Shuningdek, jarayonda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi