Янгиликлар
27
Yangi kun “Yangi nafas” bilan!
Yangi kun “Yangi nafas” bilan!
Marafonda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida yuzdan ziyod imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan yurtdoshlarimiz ham faollik ko‘rsatdilar.
Guliston shahri 4-mavze "Bo‘ston" mahallasi hamda "I.Karimov" ko‘chasi yo‘nalishi bo‘ylab start olgan ommaviy yugurish sport musobaqasida X.Abdurahmonov, O‘. Ummatov, D.Ishmatovlar marra chizig‘iga birinchilardan bo‘lib yetib kelishdi. O‘.Boyto‘rayev, Sh. Boyto‘rayev, J.Muxtorovlar 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin O.Hoshimov, S.Azamatova, K.Karimovalarga nasib etdi.
Shuningdek, musobaqada J.Mirzaakbarov, M.Ganiyeva, Sh.Abdullayev, S.Xosilbekovlarning faolligi tahsinga sazovor bo‘ldi.
- Marafon bizni yanada jipslashtirdi, biz Adliya boshqarmasi hamda yoshlar ishlari agentligi bilan doimo birgamiz, - deydi O‘rozali Boyqulov. Viloyat hokimligiga, tadbir tashkilotchilariga katta rahmat!