Янгиликлар
27
Yangi kun «Yangi nafas» bilan!
Yangi kun «Yangi nafas» bilan!
Gulistonda "Yangi nafas" yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz! Ana shu ezgu shior maqsadni o‘zida mujassam etgan "Yangi Nafas" yugurish musobaqasi Guliston shahri hamda respublikamizning 8 ta shahrida bir vaqtda o‘tkazildi.
Ushbu sport musobaqasida minglab yurtdoshlarimiz qatori Adliya boshqarmasi xodimlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, imkoniyati cheklangan fuqarolar ham ishtirok etdilar.