Янгиликлар
25
OQOLTIN TUMAN ADLIYA BO'LIMI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Aytish joizki, davlat xizmatlari markazlari orqali aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining kundalik muammolariga tezkorlik bilan yechim topilmoqda. Bunday qulayliklarning yaratilgani xalqimiz uchun zamonaviy va innovasion xizmat ko‘rsatishning istiqbolli tizimi ishga tushganidan dalolat beradi.
Oqoltin tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etgan tumandagi yoshlar yetakchilari bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tashkil etilgan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan keng ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tadbir mobaynida ijtimoiy sohadagi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, ma’muriy reglamentlarda belgilangan qoidalar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlar yetakchilari uchun mahorat darsi vazifasini ham o‘tadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi