Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Millatlararo va dinlararo hamjihatlik – tinchlik va barqarorlik garovi

Diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noan’anaviy diniy oqimlar yoyilib ketishining oldini olish, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta’minlash bugun har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

27
Adliya_xabari

Аҳоли ва тадбиркорларга давлат хизматлари кўрсатишдаги энг сўнгги янгиликлар, фуқаролар учун яратилаётган қулай шарт-шароитлар, тақдим этилаётган имкониятлар билан @davxizmat  телеграм канали орқали танишинг.

Бунда фойдаланувчилар янгиликлар билан танишиш баробарида давлат хизматларидан мустақил фойдаланиш кўникмаларига эга бўлиб бориши мумкин.

•  Telegram: @davxizmat
•  Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
•  Youtube: bit.ly/3sQyv05

27
JURNALISTLARGA EHTIROM KO'RSATILDI

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlarning mehnati e’tirof etildi.

27
Din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismidir

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tuman imom-xatiblari uchun tashkil tashkil etilgan navbatdagi seminarda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyati xususida so'z bordi.

27
#Адлия_табриги

Ҳурматли журналистлар!

Сизни 27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан табриклаймиз!

27
#Менинг_конституциям

Жорий йилнинг 25 июн куни Гулистон шаҳар хокимлигининг мажлислар залида Ўзбекистон Республикаси Конститусиясига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш бўйича тарғибот тадбири бўлиб ўтди.

27
Yangi kun “Yangi nafas” bilan!

“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan marafonda sirdaryoliklar faol ishtirok etdi.
Ushbu marаfon  sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Yakunda ishtirokchilar tashkilotchilar hamda adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

27
Yangi kun “Yangi nafas” bilan!

Marafonda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida yuzdan ziyod imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan yurtdoshlarimiz ham faollik ko‘rsatdilar.

27
Yangi kun «Yangi nafas» bilan!

Yangi kun «Yangi nafas» bilan!

Gulistonda "Yangi nafas" yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz! Ana shu ezgu shior maqsadni o‘zida mujassam etgan "Yangi Nafas" yugurish musobaqasi Guliston shahri hamda respublikamizning 8 ta shahrida bir vaqtda o‘tkazildi.
Ushbu sport musobaqasida minglab yurtdoshlarimiz qatori Adliya boshqarmasi xodimlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, imkoniyati cheklangan fuqarolar ham ishtirok  etdilar.

27
E’ L O N!

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining
152-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 27-iyundagi 132-um-son buyrug‘iga asosan Sayxunobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Botirov Komil Fayzullaevichga tegishli SI 0008-sonli, Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Narkulov Shavkat Egamkulovichga tegishli SI 0023-sonli litsenziyalarning amal qilishi 2022-yil 24-iyun kunidan Xovos tumanida xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius Karshieva Shirinoy Shukhratovnaga tegishli SI 0013-sonli litsenziyaning amal qilishi 27-iyun kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.