Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ezgu harakatlar Sirdaryo viloyatida keng quloch yoydi.


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ezgu harakatlar  Sirdaryo viloyatida keng quloch yoydi.
Eʼtiborlisi, barcha davlat organlari va tashkilotlari bu borada faollik koʻrsatib, uyushqoqlik bilan hududlarga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.
Ushbu ezgu ishlarda  Boyovut tuman adliya boʻlimi, tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
-   Adliya bo'limi binosi yaqinda foydalanishga topshirildi. Bino tevaragiga 30 tupdan ziyod turli mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekdik. Ushbu manzil yashillikka burkanib, ona tabiat musaffoligiga xizmat qilsa, bundan behad mamnun bo'lamiz. Xalqimizga sifatli va tezkor huquqiy xizmat ko'rsatish, muammolariga huquqiy yechim topish esa asosiy vazifalarimizdan biridir, - deydi Boyovut tuman adliya bo'limi boshlig'i Otabek Xolmatov.