Янгиликлар
15
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxasisslari uchun trening oʻz ishini boshladi.
3 kunlik amaliy mashgʻulotlar davomida maqsadli axborot uzatishning zamonaviy, taʼsirchan usullari, auditoriya bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning oʻziga xos jihatlari kabi qator mavzularda malakalarini oshiradi.
Maʼlumot uchun: Ushbu loyiha qishloq joylarda xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, keksalar, imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bor aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish yoʻli bilan ularning turmush darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.