Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

BAYROG’IMIZ – G’URURIMIZ, ORIMIZ


BAYROG’IMIZ – G’URURIMIZ, ORIMIZ

"O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.  

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 5 moddasida “ O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari — bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega”-deyilgan. Davlat ramzlari mamlakatimiz suverenitetining belgilaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.

"O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida"gi qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlandi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i — bayroqning butun uzunligi bo’ylab o’tgan to’q moviy rang, oq rang va to’q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi matodir.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining o’rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o’tkazilgan.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o’n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o’n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o’rtasidan 75x30 santimetrga teng to’g’ri to’rtburchakka sig’adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do’ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo’lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig’adi.

O’n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig’adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o’rta qatorda to’rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o’tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’iga o’xshash bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo’lishi kera

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini tayyorlash, saqlash va yo’q qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O’zbekistonda turgan boshqa shaxslar O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini hurmat qilishlari shart.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

Mazkur qonun bilan Davlat bayrog’idan foydalanish tartiblari belgilab berilgan.

Mustaqil davlatimizning Davlat bayrog’i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz timsolidir. Bayrog’imizning balandligi yurtimizning obro’-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko’taraylik.  

Yangiyer shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati