Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov tomonidan Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
   Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun, ushbu mehnat kodeksini yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bo‘lgan omillar, uning amaldagi kodeksdan farqli tomonlari, mehnat shartnomasi tuzish va bekor qilish bilan bog‘liq munosabatlarda kiritilgan yangiliklar, shu bilan birga yangi tahrirdagi mehnat kodeksining asosiy tamoyillari, ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qo‘shimcha kafolatlar haqida ma’lumotlar berildi.
   Shuningdek, tadbirda huquqbuzarlik profilaktikasi doirasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari, xususan, Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 16 maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 259-son qarori va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun hamda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
   O‘quv seminari yakunida seminar ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi