Янгиликлар
14
Tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi
Tadbirkorning manfaati sudda himoya qilindi
“YAN AVTO BEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “Sardoba tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasida o‘rtasida 2021-yil 5-yanvar kuni shartnoma imzolangan.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, “YAN AVTO BEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Sardoba tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasiga 17 005 955 (o‘n yetti million besh ming to‘qqiz yuz ellik besh) so‘m miqdorda transport xizmati ko‘rsatilgan.
Biroq, "Sardoba tuman yo‘llardan foydalanish" unitar korxonasi tomonidan qabul qilib olingan ishlar uchun xizmat haqi qoplab berilmagan.
Holatdan norozi bo‘lgan “YAN AVTO BEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.
O‘rganish davomida murojaatchining shikoyati asosli ekanligi ishdagi mavjud shartnomalar, taraflar o‘rtasida tasdiqlangan hisob fakturalar, solishtirish dalolatnomalarida o‘z tasdig‘ini topdi.
Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga ko‘ra, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish, buyurtmachi esa xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
Shuningdek, "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi qonunning 7-moddasiga binoan, shartnoma taraflari, tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi shart ekanligi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan “YAN AVTO BEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati manfaatida Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.
Natijada, Sirdaryo tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “YAN AVTO BEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 17 005 955 so‘m miqdorda asosiy qarz hamda 2 000 000 so‘m penya undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.
Arslon Noraliyev
Yangiyer shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi