Yangiliklar
Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan. Ushbu shior ostida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan faol harakatlar davom etmoqda. Guliston tuman adliya bo'limi tomonidan "Tajribakor" mahallasida tashkil etilgan huquqiy targ'ibot tadbiri aholi bilan yaqin muloqot qilish, ularni o'ylantirayotgan masalalarga huquqiy yechim topishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Tadbir davomida ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun imtyozli kredit olish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Uchrashuv davomida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati