Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

HUQUQIY MUAMMOLAR O'RGANILMOQDA


Sayxunobod  tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “Olg‘abos”mahallasida uyma-uy yurish orqali o‘rganishlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida har bir fuqaro bilan alohida suhbatlashilib, ularning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar tahlil qilindi.

Xususan, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, meros ishi ochish, tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomani olish, himoya orderi va boshqa masalalarda murojaatlar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida huquqiy maslahatlar berildi hamda o'rganish talab etiladigan huquqiy muammolar bo'lim ish yurituviga olindi.

Shuningdek, shaxsiy va mulkiy huquqlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniy migratsiya va ijtimoiy masallarga oid qonunchilik yuzasidan tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.