Янгиликлар
06
Xotin-qizlarning huquqiy muammolari o'rganildi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika bo'ylab adliya organlari tomonidan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash va ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o'tkazilmoqda.
Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiligan tadbirda aynan xotin-qizlarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Tadbirda dastlab, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi. Xususan, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, davlat xizmatlari turlari va onlayn xizmatlardan foydalanish haqida batafsil to‘xtalib o'tildi.