Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY KO'MAK BERILADI


Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyi davomida mamlakat bo'ylab "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" aksiyasi o'tkazilishi belgilangan.

Aksiya  doirasida Yangiyer shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan “A.Jomiy”  mahallasida  huquqiy targ'ibot  tadbiri   tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarga mehnat qonunchiligi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari yuzasidan  tushunchalar  berildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi.

Shuningdek, 5 nafar ayollarning murojaatlari tinglanib, joyida zarur huquqiy tushunchalar berildi.