Янгиликлар
05
ADLIYA MAHALLADA
Xabaringiz bor, Adliya organlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida har oyda bittadan mahalla tanlab olinib, fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolar tahlil qilinmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.
Oqoltin tumanidagi “Andijon” mahallasi mart oyida “Huquqiy mahalla” sifatida tanlab olindi.
Ayni kunlarda tuman adliya bo‘limi xodimlari hududda uyma-uy yurish orqali aholi bilan muloqot qilib, huquqiy muammolarni o‘rganishmoqda.
Jarayonda aniqlangan huquqiy muammolar “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilib, ijobiy hal etish choralari ko‘riladi.
Uyma-uy o‘rganishlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilinindi. Xususan, energoresurslar, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, xavfsiz mahalla konsepsiyasi, vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosatiga oid yangiliklar tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.