Янгиликлар
06
Notariuslar ishtirokida seminar tashkil etildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda notariat tizimidagi o‘zgarishlar, sohaga oid yangiliklar xususida so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarini amalga oshirishda notariat institutining roli muhim.
Muloqotda so‘nggi yillarda notariat instituti yanada takomillashtirilib, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tarilayotgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, notariuslar tomonidan mediatsiya tartib taomillarini amalga oshirish, ularning bu boradagi faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida notariuslarning 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan mazkur tadbirda sohasida faoliyat olib borayotgan ayol notariuslarga ehtirom ko‘rsatilib, bayram bilan muborakbod etildi hamda sovg‘alar ulashildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati