Yangiliklar
Navro‘z o‘zida ming bir tarixni mujassam etgan, insonlarni mehr-muruvvatga, diyonatga boshlagan, adolat va insoniylik tamoyilini namoyish etgan qutlug‘ kundir.
Мактаблар ва боғчаларга ҳам Юридик хизмат кўрсатиш марказлари томонидан хизмат кўрсатилади
1996 yilda menga turar uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratilgan. Uyni qurganimga 5 yil bo‘ldi, biroq kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmaganman. Yaqinda tuman “Yermulkkadastr” idorasidan xodimlari kelib uyga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi uchun javobgarlik haqida ogohlantirib ketdi. Amalgagi qonunchilikda ushbu holat yuzasidan qanday javobgarlik mavjud?
Меҳнат кодексига мувофиқ, иш берувчи меҳнат шартномаси тузиш чоғида дастлабки тарзда ва кейинчалик вақти-вақти билан умумтаълим мактаблари, мактабгача тарбия ва бошқа муассасаларнинг бевосита болаларга таълим ёки тарбия бериш билан машғул бўлган педагог ва бошқа ходимларини тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиши шарт.
Ўзбекистон фуқаросининг чет давлатларнинг ҳарбий хизматига, хавфсизлик, полиция, ҳарбий адлия органлари ёки шунга ўхшаш бошқа органларига хизматга ёлланиши 5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши мумкин (https://lex.uz/docs/111453).
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida Sayxunobod tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini keng omma e’tiboriga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda "Istiqbolli avlod" respublika ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyat bo'limi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida “Odam savdosiga qarshi kurashishda birlashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi majlislar zalida viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha diniy tashkilotlarning imom-xatiblari, imom-noiblari va boshqa xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasida davlatning asosiy huquqiy axborot resursi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy elektron manbadir.