Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Asosiy mavzu — ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat yetishtirishni va aholi daromadlarini ko‘paytirish. Shu bilan birga g‘allani yetishtirish va xarid qilishni moliyalashtirish, aholini uy-joy bilan ta'minlash masalalari ko‘rib chiqimoqda.

Yig‘ilishda yana bir muammoga to‘xtalib o‘tildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2130) — 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q.

Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.

Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi. Ishchi guruhlari:

- 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi;

- uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.

Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.