Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir


2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tadi. Mazkur siyosiy tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish fuqarolarimizning faolligi va fuqarolik burchini chuqur anglashi hamda siyosiy yetukligini namoyon etishiga bog‘liqdir.

Shu bois joylarda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining konstitutsiyaviy islohotlar mohiyatini tushuntirish hamda referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirishdan iboratdir. 

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda Sirdaryo tuman yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 9252-sonli chegara qo‘shinlari harbiy qismda tashkil etilgan tadbirda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusi - Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, ushbu jarayonda har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Muloqot mobaynida shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi