Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

#Bir_murojaat_izidan


Shirin shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida xo‘jalik ishlari mudiri lavozimida faoliyat yuritgan Go‘zal Ro‘ziyeva qonunga zid ravishda ishdan bo‘shatilganidan norozi bo‘lib Shirin shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojaat adliya bo‘limining ish yurituviga olinib, belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, G.Ro‘ziyeva 2019-2020-yillarda Shirin shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida dastlab inspektor, keyin kassir lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yilning 3-may kuni xo‘jalik ishlari mudiri lavozimiga tayinlangan.

Murojatchi joriy yilning 18-martida ichki mehnat tartib qoidalarini buzganligi vaji bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 4-bandiga asosan ishdan bo‘shatilgan.

Biroq, intizomiy jazo qo‘llanilishidan oldin xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati olinmagan. Shuningdek, ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq bilan xodim tanishtirilmagan.

Bundan tashqari, Markaz boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 20221-yil 19-martdagi 2-37-son qaroriga ilova “Kasaba uyushmasi organlarida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqish tartibi”ning 9,11-bandlari, shuningdek Mehnat kodeksining 101, 184-moddalari talablariga rioya etilmagan.

Qolaversa, sud xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanishini, jumladan MK 100-moddasi 2-qismining 3 yoki 4-bandlari boʻyicha mehnat shartnomasining bekor qilinishini nafaqat ish beruvchi tomonidan intizomiy jazo chorasi qoʻllash muddati va tartiblariga rioya qilinmagan hollarda, balki nojoʻya xatti-harakat haqiqatdan ham sodir etilgan, ammo mehnat shartnomasini bekor qilish sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning ogʻirlik darajasi, xatti-harakat sodir etilgan holatlar, xodimning oldingi xulq-atvori va uning ishga boʻlgan munosabati hisobga olinmagan holda bekor qilingan degan xulosaga kelgan taqdirda ham gʻayriqonuniy deb topishga haqli.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan G. Ro‘ziyeva manfaatida Boyovut tumanlararo sudiga da’va arizasi kiritildi.

Natijada, Shirin shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining 2022-yil 18-martdagi 23-sht-sonli buyrug‘i bekor qilinib, Go‘zal Ro‘ziyevani avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarildi.

Shu bilan birga majburiy progul vaqti uchun xodimga 2 749 562 (ikki million yetti yuz qirq to‘qqiz ming besh yuz oltmish ikki) so‘m miqdorda ish haqi, 1 100 000 (bir million bir yuz ming) so‘m miqdorda ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Ikrom Hakimov,

Shirin shahar adliya boʻlimi boshligʻi