Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZLARI FAOLIYATI YANADA KENGAYMOQDA


Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyotini shakllantirish, aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, tashkilotlar bilan o‘zaro hujjat almashinuvi «E-huquqshunos» elektron tizim orqali amalga oshirilayotgani masofadan ishlash orqali ortiqcha vaqt va qog‘ozbozlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Davlatimiz rahbarining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatiladi.

Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Dehqonobod MFY hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 19-sonli oilaviy poliklinikasida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlar e'tiboriga yetkazildi.

Tadbirda “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish tartibi batafsil tushuntirilib, tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish, shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborish kabi bir qator imkoniyatlar yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda konstitutsiyaviy ishlohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ta'kidlanganidek, Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Tadbirda referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi yuzasidan fikr-mulohazlar bildirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi