Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


Tadbirda adliya hamda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirni Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov kirish so‘zi bilan ochdi va bitiruvchilarni diplom olishlari munosabati bilan tabrikladi. Marosimda so‘z olganlar bitiruvchilarni ushbu muhim kun bilan samimiy qutlab, yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va kamolotiga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-2023- o‘quv yilida Sirdaryo viloyat yuridik texnikumini 176 nafar o‘quvchilar muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 4 nafar o‘quvchi Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sarvinoz Sultonova ana shunday iqtidorli yoshlardan.

- Bugun men uchun juda hayajonli kun. Imtiyozli diplom sohibasi bo‘ldim, qolaversa, Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun yo‘llanma oldim. Albatta, bu erishgan yutuqlarim 2 yil mobaynida mana shu texnikumda menga saboq bergan ustozlarimning mehnatlari samarasi, - deydi Sarvinoz. Buning uchun ulardan minnatdorman. 


Tadbir davomida o‘quv yili jarayonida yutuqlarga erishgan, alohida o‘rnak bo‘lgan bitiruvchilar hamda ularga ta’lim-tarbiya berishda munosib hissasini qo‘shgan fidoiy o‘qituvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir texnikum o‘quvchilarining badiiy chiqishlari bilan yanada fayzli bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi