Yangiliklar
Shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, shartnomaviy munosabatlar tubdan takomillashtirilmoqda
Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан жорий йилнинг февраль-март ойлари “Хотин-қизлар ҳуқуқлари бўйича долзарб икки ой” деб эълон қилинган (https://t.me/huquqiyaxborot/11106).
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim bo‘limida ish haqi va boshqa to‘lovlarning xodimlarga to‘lanishi ahvoli monitoring o‘tkazish yoʻli bilan oʻrganildi.
Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK yana tadbirkorni chuv tushurdi, holatga adliya aralashdi
Boyovut tuman hokimligida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada tuman adliya boʻlimi boshligʻi Atabek Xalmatov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2021-yil davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
“Sirdaryo yoshlari radiosi orqali jonli efirga uzatilgan “Talqin” eshittirishida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Dilnoz Umurzoqova ”Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning erkaklar bilan tengligini taʼminlash, shuningdek ayollarga nisbatan tazyiqlarni oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularning ahamiyati toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oylik" tadbiri hamda oylik doirasida o'tkaziladigan Umummilliy imtihon yuzasidan jamoatchilik keng xabardor qilindi
“Аёллар дафтари”га киритилган, бироқ тадбиркорлик учун кредит олиш истаги бўлмаганларни иш билан таъминлаш учун тадбиркорларга хотин-қизларни ишга жойлаштириш мақсадида имтиёзли кредитлар берилади.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Safarboy Ulashevich Togʻayev “Veteran” Birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan futbol musoboqasi tashkil etildi.Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan bir necha jamoalar faol ishtirok etdilar.